Konferensiyalar ligasi saralashidan o‘rin olgan "Viking" - "Istanbul Bashakshehir" klublari o‘rtasidagi bellashuvda Turkiya klubi 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Sander Svendsen hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Denis Turuch hisobni tenglashtirdi. Ikki daqiqa oldin esa milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.
Shuningdek, uchrashuvning 79-daqiqasida Kristofer Operi jamoasini oldinga olib chiqdi. Ushbu gol esa o‘yin taqdirini hal qildi. Bundan tashqari, so‘nggi daqiqalarda Norvegiya klubi hisobni tenglashtirgan ham edi. Biroq, gol inobatga olinmadi. Shundan so‘ng esa istanbulliklar uchinchi golni ham urdi.
Ma’lumot o‘rnida, javob bellashuvi 13 avgust kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadi. Mazkur to‘qnashuv esa soat 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.
"Viking" - "Istanbul Bashakshehir" 1:3
Gollar: Sander Svendsen (2) - Deniz Turuch (60), Kristofer Operi (79), Davi Zelke (90).
"Viking": Kristofer Klasson, Xenrik Xegxeim, Xenrik Falchener, Andreas Bartelsen, Sondre Borshol (Kristofer Xaugen, 62), Kristofer Askildsen (Simen Kvia-Egeskog 67), Jo Bell, Ruben Ayte (Yakob Xansen, 80), Sander Svendsen (Nikolas Dagostino, 80), Veton Berisha (Edvin Austbyo, 62), Zlatko Tripich.
"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Sengezer, Onur Bulut, Leo Duarte, Osseynu Ba, Kristofer Operi, Omer Shahiner (Umut Gyunesh, 78), Berat Ozdemir, Migel Krespo (Omer Beyaz, 78), Yusuf Sari (Deniz Turuch, 17), Nuno Da Kosta (Davi Zelke, 59), Ivan Brnich (Eldor Shomurodov, 59).
Ogohlantirish: Kristofer Xaugen (80) - Muhammad Sengezer (65).
"Istanbul Bashakshehir" safarda kambek amalga oshirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar