date

"MYU" Sheshko transferi e’loni oldidan tayyorgarlik ko‘rmoqda

"MYU" Sheshko transferi e’loni oldidan tayyorgarlik ko‘rmoqda

"Manchester Yunayted" 9 avgust kuni "Fiorentina"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan hujumchi Binyamin Sheshkoni muxlislarga tanishtiradi. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sloveniya terma jamoasi forvardi allaqachon klubda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Ingliz klubi 22 yoshli futbolchi transferi uchun "RB Leypsig"ga 74 mln funt (85,8 mln yevro — taxminan 1,06 trln so‘m) to‘laydi.

O‘tgan mavsumda Sheshko 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 70 mln yevro (taxminan 865 mlrd so‘m)ni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "MYU" Sheshko transferi e’loni oldidan tayyorgarlik ko‘rmoqda