Angliya Premer-ligasining moliyaviy jihatdan eng qudratli va obro‘li jamoalaridan biri sifatida tanilgan “Chelsi” klubi yaqin orada o‘z xazinasini katta mablag‘ bilan to‘ldirishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, londonliklar 150 million yevro atrofida daromad olishi kutilyapti.
Fichajes nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi chempioni va Fransiyaning yetakchi klubi hisoblangan “Pari Sen-Jermen” “Chelsi” safida o‘ynayotgan mahoratli yarim himoyachi Enso Fernandesni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat boshlagan.
Parijliklar argentinalik jahon chempioni uchun 125 million yevro miqdorida asosiy badal puli taklif etmoqda. Shu bilan birga, shartnomaga kiritilishi mumkin bo‘lgan turli bonuslar hisobidan ushbu summa 150 million yevroga yetkazilishi ehtimoldan xoli emas.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” klubi 24 yoshli futbolchi bilan amalga oshirgan so‘nggi shartnomani 2032 yil yozigacha uzaytirgan. Transfermarkt portali esa Fernandesning bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.
Ammo real vaziyatda, agar “PSJ” ushbu bitimni amalga oshirsa, ularga futbolchi qiymatidan deyarli ikki baravar yuqori narx to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bu esa transfer bozoridagi eng yirik moliyaviy operatsiyalardan biri sifatida qayd etilishi mumkin.
Shunday qilib, “Chelsi” uchun bu faqat katta moliyaviy foyda emas, balki transfer strategiyasining yana bir muvaffaqiyatli namunasiga aylanishi mumkin. Parijliklar esa o‘z tarkibiga yana bir yuqori darajadagi yulduz futbolchini qo‘shish orqali YECHLdagi g‘alabalarini mustahkamlashni maqsad qilmoqda.
"Chelsi" bu transferdan rekord summani qo‘lga kiritishi mumkin...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar