date

"An-Nasr" Xakan Chalxanog‘lu uchun jiddiy harakatga kirishdi

"An-Nasr" Xakan Chalxanog‘lu uchun jiddiy harakatga kirishdi

Yevropa futbolida yozgi transferlar bozori qizg‘in pallaga kirgan bir paytda, yangi va kutilmagan xabarlardan biri Italiyaning "Inter" klubida to‘p surib kelayotgan turkiyalik mahoratli yarim himoyachi Xakan Chalxanog‘lu haqida tarqaldi. Ma’’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining nufuzli klubi "An-Nasr" 31 yoshli futbolchi bilan jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda mashhur jurnalist Janluidji Longari ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, saudiyalik jamoa vakillari hozirda Chalxanog‘luning yaqin atrofidagi shaxslar bilan aloqa o‘rnatgan va ehtimoliy shartnoma masalasini muhokama qilishga kirishgan. Bu holat "An-Nasr"ning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi oddiy mish-mish emasligini ko‘rsatadi.

Aslida, Xakan haqida gap-so‘zlar bu yilning iyul oyidayoq paydo bo‘lgandi. O‘shanda uning Turkiyaga qaytishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalgan va hatto "Galatasaroy" hamda "Fenerbaxche" kabi yurtning ikki yetakchi klubi unga jiddiy taklif bilan chiqqani aytilgan. Biroq o‘sha vaqtning o‘zida o‘yinchining o‘zi "Inter" safida qolish niyati borligini ochiq bildirgan edi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, tajribali xavbekning hozirgi bozor qiymati taxminan 30 million yevroga teng. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yil yozigacha amal qiladi, bu esa uning transferiga qiziqqan klublar uchun muzokara jarayonini yanada murakkablashtiradi.

Qizig‘i shundaki, "An-Nasr" yaqinda "Barselona"ning sobiq markaziy himoyachisi Inigo Martines bilan shartnoma imzolagan edi. Demak, klubning tarkibini yanada kuchaytirish va xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish yo‘lidagi harakatlari davom etmoqda.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Xakan Chalxanog‘lu nafaqat Saudiya Arabistonidagi, balki butun Osiyodagi eng nufuzli va katta yulduzlar safidan joy olishi mumkin. Shu bilan birga, bu qadam uning shaxsiy karyerasida ham yangi sahifa ochishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "An-Nasr" Xakan Chalxanog‘lu uchun jiddiy harakatga kirishdi