O‘zbekistonlik 41 yoshli gimnastikachi Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi. Bu haqda Sputniknews-uz.com xabar berdi.
U ijtimoiy tarmoqdagi surati ostiga "Endi men rasman Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildim", deb izoh qoldirgan. Oksana Olimpiada o‘yinlarida ketma-ket etti marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) ishtirok etgan gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina 1975 yil 19 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 1992 yilda Barselona shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sportchi 2006-2012 yillarda oilaviy muammolari sabab Germaniyada yashashiga to‘g‘ri kelgan va shu yillar davomida o‘tkazilgan musoboqalarda Germaniya terma jamoasi safida ishtirok etgan. 2013 yildan yana O‘zbekiston termasi tarkibiga qaytgan.
Oksana Chusovitina faoliyati davomida Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon kuboklari sohibi, uch karra jahon chempioni, Evropa chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi