date

"Manchester Siti" safarda "Vulverxempton"ni tor-mor keltirdi

"Manchester Siti" safarda "Vulverxempton"ni tor-mor keltirdi

Angliya Premer-ligasining ilk turida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" "Vulverxempton" bilan kuch sinashib, 0:4 hisobida zafar quchdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov esa 82-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

O‘yinning 34-daqiqasida Erling Xoland hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Tiyani Reynders chiroyli gol urib, oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida norvegiyalik forvard dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Rayan Sherki 81-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirgan holda, hisobni 0:4 ko‘rinishiga keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 23 avgust kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin esa Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" safarda "Vulverxempton"ni tor-mor keltirdi