Superliganing 19-turi doirasidagi "Vodiy derbisi"da "Neftchi" safarda "Navbahor" mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdagi yagona gol 33-daqiqada Ikrom Aliboyev tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "Neftchi" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib, hisobidagi ochkolar sonini 39 taga yetkazib qo‘ydi.
“Navbahor” — “Neftchi” 0:1
Gol: Ikrom Aliboyev 33, 0:1
Superliganing 19-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - OKMK bellashuvida mezbonlar kichik ustunlikdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi - 1:0.
Bahsdagi yagona gol ikkinchi bo‘lim startida Anvarjon Hojimirzayev tomonidan kiritildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Dinamo" hisobidagi ochkolar soni 37 taga yetdi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. OKMKdagi ochkolar soni esa o‘zgarishsiz qoldi - 34 ochko.
"Dinamo" – OKMK 1:0
Gol: Anvar Hojimirzayev 47'
O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Nasaf"-"Sho‘rtan" uchrashuvi mezbonlar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. Gollarga Sharof Muhiddinov hamda Sherzod Nasrullayevlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa qarshiliklar turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib olishdi.
“Nasaf” — “Sho‘rtan” 2:0
Gollar: 61- Sharof Muhitdinov (Zafarmurod Abdirahmatov), 65 - Sherzod Nasrullayev (Sharof Muhitdinov)
"Neftchi, "Nasaf" va "Dinamo" futbolchilari kiritgan gollar (video)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar