Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining taqvimida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Eron hamda O‘zbekiston Futbol Federasiyalarining o‘zaro kelishuvi asosida saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 12 iyun sanasiga ko‘chirildi.
Eslatib o‘tish lozimki, taqvimning dastlab tasdiqlangan ko‘rinishiga asosan ushbu o‘yin 2017 yilning 13 iyunida o‘tkazilishi lozim edi.
Hozirga qadar saralashning uchinchi bosqichi doirasida jamoalar beshtadan o‘yin o‘tkazishgan bo‘lib, Eron “A” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Karlush Keyrush boshchiligidagi jamoa hisobida 5 o‘yindan so‘ng 11 ochko mavjud. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan Janubiy Koreya hisobida 10, uchinchi o‘rindagi O‘zbekistn milliy terma jamoasi hisobida esa 9 ochko bor.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichidagi keyingi uchrashuvi 23 mart kuni safarda Suriyaga qarshi bo‘ladi. Unga qadar esa O‘zbekiston Armaniston hamda Gruziya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan.
Gruziya terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yini 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tsa, Armanistonga qarshi 12 fevral kuni o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi