Germaniya Bundesligasi yangi mavsum boshlanishi bilan muxlislar orasida qiziqish avj olmokda. Shu bois, Opta superkompyuteri chempionatning yangi mavsum uchun 10 000 marotaba simulatsiyalar o‘tkazdi va natijalar haqiqiy intriga to‘la bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Simulatsiya natijalariga ko‘ra, 52,9% holatda birinchi o‘rinni Myunxenning mashhur "Bavariya" klubi qo‘lga kiritadi. Bu raqam klubning yanada yuqori samaradorlik va chempionlik uchun asosiy da’vogar ekanligini tasdiqlaydi.
Chempionlik uchun asosiy da’vogarlarning umumiy ro‘yxati ham qiziqarli va muxlislar uchun e’tiborlidir:
-
"Bavariya" – 52,9% imkoniyat bilan birinchi o‘rinda bo‘lish ehtimoli eng yuqori;
-
"Bayer" – 16,9% imkoniyat bilan barchaning diqqat markazida;
-
"Borussiya" Dortmund – 15,8% ehtimol bilan chempionlik uchun kuchli raqib;
-
"Ayntrax" – 4,4% ehtimol bilan kutilmagan syurprizlarga tayyor;
-
"Shtutgart" – 2,9% imkoniyat bilan kichik, ammo samarali kurashda ishtirok etuvchi;
-
"RB Leyptsig" – 2,5% ehtimol bilan o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Shuningdek, bu simulatsiyalar muxlislarga har bir klubning mavsum davomida qanday imkoniyatlari borligini aniq ko‘rsatib berdi. Albatta, futbolda har qanday syurprizlar bo‘lishi mumkin, lekin "Bavariya"ning yuqori statistika ularining raqobatchilar orasida birinchi raqamli favorit ekanligini namoyon qiladi.
Muxlislar uchun eng qiziq shundaki, har bir o‘yin va har bir gol bu hisob-kitoblarga ta’sir etishi mumkin. Shu bois, yangi mavsum boshlanishi bilan Germaniya chempionati muxlislar uchun intriga va ta’sirchan natijalar bilan to‘la bo‘lishi aniq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!