date

Gvardiola «Manchester Siti» darvozabonlari vaziyati haqida gapirdi

Gvardiola «Manchester Siti» darvozabonlari vaziyati haqida gapirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Tottenxem»ga qarshi bahs oldidan jamoa darvozabonlari holatiga oydinlik kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, mavsumning dastlabki uchrashuvida Jeyms Trafford «shaharliklar» darvozasini qo‘riqlagan, Stefan Ortega zaxirada qolgan, Ederson esa jamoa ro‘yxatiga ham kiritilmagan edi.

«Asosiy tarkibda kim bo‘ladi? Bu haqda kechqurun, ovqatdan keyin qaror qabul qilamiz. Yangi futbolchilar har doim kuch va yangi g‘oyalar olib keladi. Jeyms o‘zining o‘sgan klubiga yoshlik va o‘ynash istagini olib keldi. Biz uning birinchi turdagi o‘yinidan mamnunmiz, ammo bu faqat debyut. Endi biz barqarorlikni saqlab qolishimiz va «Tottenxem»ga qarshi yanada yaxshiroq o‘yin namoyish qilishimiz kerak», — dedi Gvardiola.

Shu bilan birga, u ehtimoliy transferlar haqida ham to‘xtaldi: «Bilmayman. Hozircha bu futbolchilar bizniki. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. O‘ylaymanki, yaqin vaqtda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin».

Ma’lumot uchun, Ederson kasalligidan tuzalib, ikkinchi turda maydonga tushishi mumkin. U avvalroq «Vulverxempton»ga qarshi bahsni (4:0) gastroenterit sababli o‘tkazib yuborgandi. Shuningdek, 32 yoshli darvozabonning «Galatasaroy»ga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan.

Avvalroq OAVda «Manchester Siti» «PSJ» bilan italiyalik golkiper Janluiji Donnarummani sotib olish borasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara olib borayotgani haqida ma’lumot berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola «Manchester Siti» darvozabonlari vaziyati haqida gapirdi