date

O‘zbekiston sport rahbarlari «Manchester Siti» mashg‘ulotida mehmon bo‘ldi

O‘zbekiston sport rahbarlari «Manchester Siti» mashg‘ulotida mehmon bo‘ldi
Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati va bir qator sport tashkilotlari mas’ullari Angliyaning Manchester shahrida safarda bo‘lib turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov safar davomida mashhur «Manchester Siti» klubi mehmoni bo‘lishdi. Tadbirda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi.

Pep Gvardiola boshchiligidagi mashg‘ulot jarayonida mehmonlar klubning tayyorgarlik tizimi, infratuzilmasi va yosh futbolchilar bilan ishlash uslubi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu uchrashuv alohida ahamiyat kasb etadi, chunki «Siti» safida hozirgi paytda o‘zbekistonlik yosh himoyachi Abduqodir Husanov ham to‘p surmoqda. Uning klub tarkibidagi ishtiroki o‘zbek futboli uchun katta qadam sifatida qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, bundan avval «Manchester Siti»ni o‘z ichiga olgan kompaniya O‘zbekistonda futbol klubi sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, degan xabarlar tarqalgan edi. Shu jihatdan, mazkur tashrif va uchrashuvlar kelgusida ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga yo‘l ochishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, agar bunday loyiha amalga oshirilsa, o‘zbek futboli infratuzilmasi, yoshlar bilan ishlash tizimi va zamonaviy sport standartlariga yaqinlashishda yangi singdiruvchi omilga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston sport rahbarlari «Manchester Siti» mashg‘ulotida mehmon bo‘ldi