Polshada shaxmat olamining muhim anjumanlaridan biri — “Rubinstein Memorial 2025” bo‘lib o‘tdi. Klassik shaklda o‘tkazilgan ushbu bellashuvda 10 nafar yirik grossmeyster ishtirok etdi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nodirbek Yoqubboyev musobaqada muvaffaqiyat qozonib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. U 9 ta partiyada maydonga chiqib, jami 6,5 ochko to‘pladi. Hamyurtimiz 4 ta o‘yinda g‘alabaga erishdi, qolgan 5 ta bahsda esa durang bo‘ldi.
Yoqubboyev musobaqa davomida o‘z shaxsiy hisobiga 16,1 FIDЕ reytingi qo‘shdi. Shu tariqa uning umumiy ko‘rsatkichi 2681,2 ballga yetdi va u onlayn reyting jadvalida 45-o‘ringa ko‘tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar