Yevropa futbol bozorida yana sensatsiyali xabarlar tarqalmoqda. Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Donnarumma o‘z kelajagini Angliya chempionlari safida davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, “Manchester Siti” va futbolchi o‘rtasida shartnoma shartlari bo‘yicha oldindan kelishuvga erishilgan.
Hozirda eng muhim jarayon — ikki klub, ya’ni PSJ va “Manchester Siti” o‘rtasidagi muzokaralar. Mish-mishlarga ko‘ra, dastlab fransuzlar tomonidan qo‘yilgan 50 million yevrolik transfer narxi biroz pasayishi mumkin. Futbol insayderi Fabritsio Romano ham bu jarayon haqida tasdiqlangan ma’lumot tarqatdi.
Biroq, kelishuvning amalga oshishi hali hamon Edersonning taqdiriga bevosita bog‘liq. Agar braziliyalik posbon yozda jamoani tark etsa, Donnarummaga yo‘l ochilishi mumkin. Shuningdek, Turkiyaning grandi — “Galatasaroy” ham Ederson bilan jiddiy qiziqish bildirib, muzokara olib borishga tayyorligini namoyon qilgan.
Shu tariqa, “Siti” muxlislari yaqin kunlarda jamoa darvozasida katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishi mumkin. Donnarummaning kelishi Pep Gvardiola jamoasi uchun yangi bosqichni boshlab berishi ehtimoldan xoli emas. Muxlislar esa hozirdanoq yozgi transfer oynasida qanday yangiliklar bo‘lishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Donnarumma “Siti” bilan kelishuvga yaqin, Ederson ketishi mumkin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar