O‘zbekiston kubogi chorakfinalida «Dinamo» klubi Samarqandda «Sho‘rtan» klubini qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 19-daqiqasida Firdavs Abdurahmonov hisobni ochdi. O‘yinning 39-daqiqasida Abror Toshqo‘ziyev o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida esa Jahongir O‘rozov jamoasining uchinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, «Dinamo» klubi O‘zbekiston kubogining yarimfinaliga uchinchi bo‘lib yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston kubogi. Chorakfinal
Dinamo – Sho‘rtan 3:0
Gollar: Firdavs Abdurahmonov, 19 (1:0), Abror Toshqo‘ziyev, 39 avtogol (2:0), Jahongir O‘rozov, 77 (3:0)
"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O‘rozov, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzayev, 16.Emeka Fraydey, 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Jahongir Abdusalomov, 37.Firdavs Abdurahmonov, 55.Dmitriy Pletnyov, 77.Mahmud Mahamadjonov.
Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Akbar Abdirasulov, 11.Xislat Xalilov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Ulug‘bek Abdullayev, 23.Behruzbek Oblaqulov, 25.Oybek O‘rmnjonov, 88.Marko Stanoyevich.
"Sho‘rtan": 1.Shohruh Eshbo‘tayev, 4.Ulug‘bek Xudoyberdiyev, 8.Abubakir Rizo Turdaliyev, 9.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 10.Timur Mamasidiqov, 14.Abror Toshqo‘ziyev, 15.Jo‘rabek Mannonov, 22.Sardor Sa’dullayev, 24.Doniyor Narzullayev, 55.Aziz Pirmuhammadov, 88.Diyor Asomiddinov.
Zaxira: 35.Sherzod Abduraimov, 11.Jasur Hakimov, 17.Farruh Muxtorov, 19.Nuriddin Hasanov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 45.G‘anisher Qodirov, 70.Mirjalol Jumayev, 79.Mahmud Jo‘raboyev, 99.Sardor Saidov.
Ogohlantirishlar: Abubakr Turdaliyev 50, Azizbek Pirmuhammedov 55, Ulug‘bek Xudoyberdiyev 66.
O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» «Sho‘rtan»ni yengib, yarimfinalga yo‘l oldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar