Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi kuni nufuzli Goal nashri o‘zining an’anaviy favoritlar reytingini taqdim etdi. Mutaxassislar fikricha, joriy mavsumda ham chempionlikka asosiy da’vogar sifatida Parijning mashhur klubi — PSJ qayd etilmoqda.
Katta qiziqish uyg‘otgan ro‘yxatda ikkinchi pog‘onadan “Barselona” o‘rin oldi. Katalon klubi keyingi mavsumlarda tarkibini jiddiy kuchaytirib, yana Yevropa qit’asida yetakchilar safida ekanini isbotladi. Uchinchi o‘rinni esa Angliyaning “Arsenal” jamoasi egalladi. Ayni paytgacha “kanonirlar” hech qachon Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonmagan bo‘lsa-da, ulardan katta umidlar qilinayotgani ta’kidlandi.
Top-10 talikda, shuningdek, “Liverpul”, “Real Madrid”, “Bavariya”, “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Inter” va “Tottenxem” jamoalari ham joy oldi. Ular har bir mavsumda Yevropa sahnasida o‘z so‘zini aytadigan klublar sifatida e’tirof etilmoqda.
Ajablanarlisi, YECHL tarixida ilk bor umumiy bosqichga yo‘llanma olgan Qozog‘iston chempioni — “Qayrat” ham reytingdan o‘rin egalladi. Olmaota klubi chempionlikka asosiy da’vogarlar orasida 35-o‘rindan joy oldi va bu natija mamlakat futboli uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, “Qayrat” yetakchilar qatorida bo‘lmasa-da, o‘z o‘yini va g‘alabalari bilan katta syurpriz yaratishi mumkin. Muxlislar esa jamoaning Yevropada qanday ishtirok ko‘rsatishini qiziqish bilan kutmoqda.
Goal portali YECHL favoritlarini e’lon qildi: PSJ birinchi, “Qayrat” 35-o‘rinda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar