31-avgust sanasida futbol olami yana bir qiziq kunni kutib olmoqda. Yevropa TOP-5 chempionatlaridagi navbatdagi tur bahslari muxlislarga katta zavq ulashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, bugun o‘zbekistonlik legionerlar jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar ham bor.
Abduqodir Husanov sharafini himoya qilayotgan "Manchester Siti" Angliya premer-ligasining 3-turida "Brayton"ga qarshi safarda maydonga chiqadi. Bu bellashuv albatta katta qiziqish uyg‘otadi, chunki "Siti" g‘alaba orqali turnirdagi yetakchi maqomini mustahkamlash niyatida.
Shuningdek, Turkiya maydonlarida ham o‘zbekistonlik muxlislar uchun muhim bahs kutib turibdi. Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p surishadigan "Istanbul Bashakshehir" Superliga 4-turida "Eyupspor"ga qarshi maydonga chiqadi. Bu uchrashuv legionerlarimiz uchun o‘z imkoniyatlarini yana bir bor namoyish etish imkoniyati bo‘ladi.
Quyida bugungi kun taqvimi bilan batafsil tanishing:
La Liga. 3-tur
"Selta" – "Vilyarreal" 20:00
"Betis" – "Atletik" 22:00
"Espanol" – "Osasuna" 22:30
"Rayo Valekano" – "Barselona" 00:30
APL. 3-tur
"Brayton" – "Manchester Siti" 18:00
"Nottingem Forest" – "Vest Xem" 18:00
"Liverpul" – "Arsenal" 20:30
"Tottenhem" – "Bornmut" 19:00
"Aston Villa" – "Kristal Pelas" 23:00
A Seriya. 2-tur
"Jenoa" – "Yuventus" 21:30
"Torino" – "Fiorentina" 21:30
"Inter" – "Udineze" 23:45
"Latsio" – "Verona" 23:45
Liga 1. 3-tur
"Monako" – "Strasburg" 20:15
"Lion" – "Marsel" 23:45
Bundesliga. 2-tur
"Volfsburg" – "Mayns" 18:30
"Borussiya Dortmund" – "Yunion Berlin" 20:30
"Kyoln" – "Frayburg" 22:30
Turkiya Superligasi. 4-tur
"Bashakshehir" – "Eyupspor" 21:00
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar