date

Jek Grilish porlamoqda: «Everton» g‘alabasi, 4 assistlik super start

Jek Grilish porlamoqda: «Everton» g‘alabasi, 4 assistlik super start

APLning 3-turida «Everton» o‘z uyida dramatik tarzda «Vulverxempton»ni 3:2 hisobida yengdi. «Irischilar» tarkibida yozda «Siti»dan kelib qo‘shilgan Jek Grilish o‘yin taqdirini hal etgan asosiy qahramonga aylandi — u ikki bor hal qiluvchi pas (assist) berib, hujumlar ritmini belgiladi.
Qizig‘i, Grilish bugungi zo‘r o‘yindan avval «Brayton»ga qarshi bellashuvda ham (2:0) ikkita golga assistentlik qilgan edi. Demak, yangi jamoasida u ketma-ket ikki o‘yinda 2 tadan — jami 4 assist yo‘lladi va «Everton»ning hujumini kreativ markazdan «yoqib» berdi.
Solishtirish uchun: o‘tgan mavsum Jek «Manchester Siti» safida APL doirasida butun mavsum davomida bor-yo‘g‘i 1 ta gol va 1 ta assist qayd etgandi. Endilikda esa u faqat uch tur o‘tib, 4 ta assist bilan liganing mutloq yetakchisiga aylanib turibdi — forma, ishtiyoq va ishonch qanday natija bera olishiga yorqin misol.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jek Grilish porlamoqda: «Everton» g‘alabasi, 4 assistlik super start