date

Rodri mag‘lubiyatdan so‘ng “Siti”ni qattiq tanqid qildi

Rodri mag‘lubiyatdan so‘ng “Siti”ni qattiq tanqid qildi

Angliya Premer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” safarda “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur bellashuvdan keyin “Oltin to‘p” sohibi Rodri jamoasi haqida qattiq va ochiqcha tanqidiy fikrlar bildirdi.
“Men juda noroziman. Chunki biz bu o‘yinga faqat g‘alaba uchun chiqqandik, lekin natija butunlay boshqacha bo‘lib chiqdi. Ochig‘i, so‘nggi paytlarda o‘zimizning haqiqiy darajamizga javob bermayapmiz. Har bir futbolchi o‘zini qo‘lga olib, saviyasini ko‘tarishi shart”, – dedi Rodri.
Ispaniyalik yarim himoyachi uchrashuv boshlanishi yomon bo‘lmaganini, ammo ikkinchi bo‘limda jamoa sustlashib qolganini tan oldi. “Brayton” o‘z maydonida bosim o‘tkazishi tabiiy hol, ammo ikki qo‘pol xatolar ortidan hisob ular foydasiga o‘zgarib ketdi.
“Biz o‘z o‘yinimizda yetarlicha darajada emasmiz. Jamoadagi ko‘plab o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatyapti. Yangi futbolchilar moslashishi uchun vaqt kerak, ammo jarayon juda tez ketyapti va bu oson emas. Lekin buni bahona qilish mumkin emas. Agar bunday davom etsak, hech qanday sovringa erisha olmaymiz”, – deya qo‘shimcha qildi Rodri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Siti” ikkala golni ham o‘z xatosi sabab o‘tkazib yubordi. “Ayrim kamchiliklarimiz tajribasiz bolalarnikiga o‘xshaydi. Bunday vaziyatlarda eng oddiysi — diqqat va to‘liq e’tibor yetishmadi”, – dedi u.
Shu bilan birga Rodri, agar “shaharliklar” sovrinlar uchun kurashishni istasa, har bir futbolchi o‘z o‘yini saviyasini oshirishi va jamoa darajasi ko‘tarilishi shartligini alohida ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodri mag‘lubiyatdan so‘ng “Siti”ni qattiq tanqid qildi