date

MMA jangchisi Aliyev bezorilik uchun qamaldi va jarima to‘laydi

MMA jangchisi Aliyev bezorilik uchun qamaldi va jarima to‘laydi

Moskva shahar prokuraturasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, aralash jang san’ati vakili Jabrail Aliyev bezorilik va ayolga nisbatan o‘ldirish bilan qo‘rqitish jinoyatida aybdor deb topildi. Sud qaroriga asosan, u 4-yil 1 oy muddatga umumiy tartibdagi jazo koloniyasiga yuborildi.

Shuningdek, Aliyev jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun kompensatsiya sifatida 500 ming rubl (taxminan 77 million so‘m) to‘lashga ham majbur etildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning iyul oyida Jabrail Aliyev qasddan bir qizni qo‘llari bilan turtib yuborgan va u devorga urilib tushgan. Shundan keyin u qizning boshiga kamida ikki marta, qo‘llariga esa o‘ndan ortiq zarba bergan. Faqatgina bunga to‘xtamay, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan va yana bir necha marta urgani qayd etilgan.

Ayni paytda hukm hali qonuniy kuchga kirmagan va Aliyev tomonidan shikoyat qilinishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA jangchisi Aliyev bezorilik uchun qamaldi va jarima to‘laydi