Samarqand shahrida 3-15-sentyabr kunlari xalqaro shaxmat muhitida nufuzli musobaqalardan biri bo‘lgan “Grand Swiss 2025” turniri start olish arafasida turibdi. Ushbu nufuzli musobaqa nafaqat mahalliy, balki jahon shaxmatchilari uchun ham muhim tadbir hisoblanadi.
“Grand Swiss 2025” musobaqasi shveytsarcha tizimda 11 tur davomida tashkil etiladi. Unda jahon shaxmat reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan kuchli grossmeysterlar ishtirok etadi. Shuningdek, FIDE prezidenti tavsiyasi asosida taklif qilingan shaxmatchilar va xalqaro musobaqalar g‘oliblari ham ro‘yxatda bo‘ladi, ya’ni musobaqa nafaqat raqobat balki strategik taktikalar maydoni hamdir.
Mazkur turnirning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kiruvchi eng kuchli shaxmatchilar orasidan to‘rt nafar, jumladan 2 erkak va 2 ayol shaxmatchini, jahon shaxmat tojiga ega bo‘lish uchun “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat. Bu esa musobaqaning xalqaro ahamiyati va strategik ahamiyatini yanada oshiradi.
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada taxminan 160 nafar yetakchi va tajribali shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi esa 855 000 AQSH dollarini tashkil qiladi, bu esa ishtirokchilar uchun yanada rag‘bat va ko‘proq qiziqish uyg‘otadi.
Shaharda bo‘ladigan ushbu hujumkor va intrigaga to‘la shaxmat turniri nafaqat mahalliy muxlislar, balki xalqaro hamjamiyat e’tiborini ham tortmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!