date

Muchova sobiq sevgilisi sabab US Open’da ko‘z yosh to‘kdi

Muchova sobiq sevgilisi sabab US Open’da ko‘z yosh to‘kdi

Chexiya terma jamoasi a’zosi, tennischi Karolina Muchova AQSh ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida o‘yinni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bunga uning sobiq yigitining kutilmaganda tribunada paydo bo‘lishi sabab bo‘lgani haqida New York Post yozmoqda.

Muchova o‘yin davomida yig‘lab yuborib, yuzini sochiq bilan yopdi va hakamga murojaat qildi. Keyinchalik matbuot anjumanida sportchi bu holatni izohlarkan, sobiq sevgilisi “bo‘lishi kerak bo‘lmagan joyda” chiqqanini aytib o‘tdi.

“U skameykamning ro‘parasida o‘tirib oldi. Ba’zida u mutlaqo kerakmas paytda ko‘rinadi. Bu meni biroz cho‘chitdi. Men undan ketishini so‘radim, dastlab rad etdi, keyin esa chiqib ketdi. O‘sha vaqtda diqqatni jamlashim juda qiyin bo‘ldi”, — dedi tennischi.

Shu kabi noqulay vaziyat va kuchli emotsional bosimga qaramay, Muchova o‘zini qo‘lga oldi va bahsni g‘alaba bilan yakunladi (7:6, 6:7, 6:4). “Ha, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Hech qanday shikoyatim yo‘q, hammasi joyida”, — deya qo‘shimcha qildi sportchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muchova sobiq sevgilisi sabab US Open’da ko‘z yosh to‘kdi