date

“Chelsi” yozgi transfer oynasida 342 million yevro ishlab topdi

“Chelsi” yozgi transfer oynasida 342 million yevro ishlab topdi

Tunda Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida yozgi transfer oynasi rasman yopildi. Bu jarayonda eng katta e’tiborni Angliyaning “Chelsi” klubi o‘ziga qaratdi. Londonning mashhur jamoasi yoz davomida futbolchilarini sotish orqali rekord darajadagi mablag‘ qo‘lga kiritdi.

“Aristokratlar” transferlardan jami 342 million yevro ishlab topishdi va bu ko‘rsatkich jahon futbolida hozircha misli ko‘rilmagan natija sifatida qayd etildi.

Quyida “Chelsi” jamoasi yozgi transfer oynasida rasman sotgan yoki ijaraga bergan futbolchilar ro‘yxatini eslatib o‘tamiz:


  • Noni Madueke — 56 million yevro (“Arsenal”)

  • Kristofer Nkunku — 37 million yevro (“Milan”)

  • Joau Feliks — 30 million yevro (“Al Nassr”)

  • Jorge Petrovich — 28,29 million yevro (“Bornmut”)

  • Lesli Ugochukwu — 28,70 million yevro (“Bernli”)

  • Kirnan Dyuzberi-Holl — 28,65 million yevro (“Everton”)

  • Renatu Veyga — 24,50 million yevro (“Vilyarreal”)

  • Armando Broya — 23 million yevro (“Bernli”)

  • Karni Chukwuemeka — 20 million yevro (“Borussiya D”)

  • Nikolas Jekson — 16,5 million yevro (“Bavariya”)

  • Matis Amougu — 14,5 million yevro (“Strasbur”)

  • Bashir Xamfris — 14 million yevro (“Bernli”)

  • Kepa Arrisabalaga — 5,8 million yevro (“Arsenal”)

  • Markus Bettinelli — 2,4 million yevro (“Manchester Siti”)

  • Elfi Gilchrist — 2,3 million yevro (“Vest Bromvich”)
    va yana bir qancha transferlar.


Shu bilan birga, yana bir qator futbolchilar ijara asosida boshqa klublarga yo‘l olgani ham ma’lum qilindi.

“Chelsi”ning bu harakatlari klub moliyasiga ulkan naf keltirdi va ularni transfer bozorida eng ko‘p daromad qilgan jamoaga aylantirdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday yo‘l kelgusi mavsumlarda yangi futbolchilarni jalb qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Chelsi” yozgi transfer oynasida 342 million yevro ishlab topdi