date

Shvetsiyalik tajribali himoyachi Viktor Lindelyof endi “Aston Villa”da

Shvetsiyalik tajribali himoyachi Viktor Lindelyof endi “Aston Villa”da

"Aston Villa" klubi rasman shvetsiyalik 31 yoshli tajribali himoyachi Viktor Lindelyof bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, futbolchi “Manchester Yunayted” tarkibida 8-yillik faoliyatini yakunlab, birmuncha vaqt davomida klubga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Shvetsiya milliy terma jamoasining sobiq kapitani hisoblangan Lindelyof jamoa himoyasini mustahkamlay oladigan “tajribali va ko‘p qirrali futbolchi” sifatida baholanmoqda. Uning maydondagi ko‘p yillik amaliyoti va yetakchilik fazilatlari aynan “Aston Villa” uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Lindelyof “Old Trafford”da to‘p surgan vaqt mobaynida jami 284 marta maydonga tushgan. U shu davrda jamoa bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Lindelyof APLda faoliyat boshlashidan avval Portugaliyaning mashhur klubi — “Benfika” sharafini himoya qilgan va u yerda ham o‘zini yuqori saviyada ko‘rsata bilgandi.

Shu tariqa, shvetsiyalik himoyachi Angliya chempionatining yana bir nomdor klubi safida yangi sahifani boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shvetsiyalik tajribali himoyachi Viktor Lindelyof endi “Aston Villa”da