date

Pol Skoulz Gvardiolaning Donnarummani olish qaroriga shubha bildirdi

Pol Skoulz Gvardiolaning Donnarummani olish qaroriga shubha bildirdi

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Pol Skoulz “Manchester Siti”ning yozgi transferlaridagi asosiy qarorlaridan biri haqida o‘z fikrini bildirdi.

Ma’lumki, transferlar bozori yopilishidan oldin Pep Gvardiola jamoasi tarkibini kuchaytirish maqsadida PSJning asosiy posboni, italiyalik Janluiji Donnarummani olib keldi.

Pol Skoulz bu transfer haqida:

– Menimcha, Gvardiola juda g‘alati tanlov qildi. Donnarummani o‘zim juda qadrlayman, u shubhasiz yuqori darajali darvozabon. Agar imkoniyat bo‘lganida, uni “Manchester Yunayted”ga olib kelishni o‘ylardim. 40 million funtga bu juda yaxshi bitim.

Biroq Pepning uslubida jamoa darvozabonlari kerak bo‘lsa himoyachi yoki yarim himoyachi kabi ham harakat qilishi zarur. Donnarumma esa oyoqda to‘p bilan yaxshi ishlay olmaydi. Shu jihatdan Luis Enrike ham uni PSJdan ketkazishga qaror qilgan.

Men shaxsan Janluiji Donnarummani “Manchester Siti”ning asosiy posboni sifatida qabul qila olmayapman, – dedi Skoulz.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Donnarumma o‘tgan mavsumda PSJ safida asosiy darvozabon bo‘lib maydonga tushgan va jami 47 uchrashuvda qatnashgan. Ushbu o‘yinlarning 17 tasida raqiblarga gol urdirmagan holda o‘z darvozasini daxlsiz saqlay olgan.

Shu bilan birga, Gvardiolaning bu qarori muxlislar va ekspertlar orasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pol Skoulz Gvardiolaning Donnarummani olish qaroriga shubha bildirdi