date

Garnacho Messining maslahatiga quloq solib «Chelsi»ni tanladi

Garnacho Messining maslahatiga quloq solib «Chelsi»ni tanladi

Yaqinda jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan xabarlardan biri tasdiqlandi — «Manchester Yunayted»ning iqtidorli vingeri Alexandro Garnacho endi Londonning «Chelsi» klubi sharafini himoya qiladi.

Argentinalik yosh futbolchi o‘z qarorini qanday qabul qilgani haqida mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi sahifani ochishdan avval u mamlakatning bosh yulduzi Lionel Messi bilan maslahatlashgan.

«Qaror qilishdan oldin Messi bilan suhbatlashdim. U menga “Chelsi”ga o‘tishni maslahat berdi. Men “Manchester Yunayted”da o‘zimni to‘liq qadrlangan his qilmadim. Shu bois yangi imkoniyatlar va yangi muhit izlab qarorimni o‘zgartirdim. Hozir esa Londonda, yangi jamoamdaman», — deya ta’kidladi Garnacho DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

Ta’kidlash joizki, 21 yoshli talantli vinger endi «aristokratlar» safida 49-raqamli formada harakat qiladi. Bu raqam uning yangi tarixida muhim ramzga aylanishi mumkin.

Muttaxassislar fikricha, Garnachoning «Chelsi»ga qo‘shilishi klub hujum chizig‘ini yanada kuchaytiradi. Shuningdek, uning Angliya Premer-ligasidagi tajribasi va yuksak salohiyati «aristokratlar» uchun katta qo‘shimcha qiymat bo‘ladi.

Shu bilan birga, ko‘plab muxlislar Lionel Messining shaxsan maslahati orqali qabul qilingan bu qaror Garnacho faoliyatining yangi bosqichida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin, deya baholashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Garnacho Messining maslahatiga quloq solib «Chelsi»ni tanladi