Iker Kasilyas: «Real»dan ketganimda ichki muhit u qadar yaxshi emas edi


Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni va sardori Iker Kasilyas jamoadan ketgan vaqtdagi holat haqida gapirib berdi, deb yozmoqda Fut.uz sayti.
"Yanvar-fevral oylarida "Real"dagi davrim yakuniga yetayotganini tushunib yetdim. Jamoadagi ichki muhit u qadar yaxshi emas edi. Qanday qaror qabul qilish haqida o‘ylay boshladim.
Bu haqida juda ko‘p o‘yladim va eng yaxshi qaror "Real"dan ketish ekanini tushunib yetdim. Menimcha ketish vaqti kelgan edi.
"Real"dan ketish haqida 2014 yilda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganimizdan so‘ng o‘ylay boshlagan edim. Vaziyat taqozosiga ko‘ra klub Diego Lopesga ishonch bildirayotgandi, jamoadagi ichki muhit esa g‘alati edi", - deydi Kasilyas.































Izohlar 0
…