date

Jahon chempionati: Mamajonova jangda zafar quchib, keyingi bosqichga chiqdi

Jahon chempionati: Mamajonova jangda zafar quchib, keyingi bosqichga chiqdi

Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing hamkorligida tarixda ilk bor kattalar o‘rtasida tashkil etilgan Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz, -57 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Xumorabonu Mamajonova ham muxlislarimizni xursand qildi.

To‘liq 3 raund davom etgan murosasiz kurashda Mamajonova yangi zelandiyalik raqibi Lai-Karlile Alini ortda qoldirdi. Hakamlar bahoning barcha mezonlariga ko‘ra yakdil qaror chiqarib, g‘alabani o‘zbekistonlik sportchiga topshirishdi.

Bu natija orqali Xumorabonu chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Hozirgi kunda musobaqadagi har bir g‘alaba nafaqat shaxsiy natija, balki mamlakat boksi nufuzini ham oshirib borayotganini ta’kidlash joiz.

O‘zbekistonlik sportchi uchun bu g‘alaba katta tajriba va navbatdagi sinovlar oldidan muhim ruhiy kuch bo‘lib xizmat qiladi. Muxlislar esa Mamajonovaning keyingi jangini orziqib kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionati: Mamajonova jangda zafar quchib, keyingi bosqichga chiqdi