Bokschi Hasanboy Do‘stmatov Shveytsariyada mukofotlanadi

Bokschi Hasanboy Do‘stmatov Shveytsariyada mukofotlanadi
Bokschi Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada mukofotlanadi

Hasanboy Do‘stmatov Shveytsariyaga mukofotini qabul qilish uchun jo‘nab ketdi.

Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA) yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazgan edi.
Quvonarlisi, ushbu mukofotni qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar orasida bizning Hasanboy Do‘stmatov ham bor edi. 49 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasi chempioni bo‘lgan hamyurtimiz ushbu mukofotga loyiq deb topildi.
Bokschi Hasanboy Do‘stmatov Shveytsariyada mukofotlanadi

Ta’qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan Hasanboy Do‘stmatov o‘zi uchun atalgan sovrinni qabul qilib olish uchun Shveytsariyaga jo‘nab ketdi.

Manba: Olamsport.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar