date

FIFA prezidenti Toshkentga yetib keldi

FIFA prezidenti Toshkentga yetib keldi

FIFA prezidenti Janni Infantino 8-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb Kursiv Media xabar berdi. Tashrif haqida Milliy futbol assotsiatsiyasi ma’lumot berdi.

Infantino boshchiligidagi delegatsiyani Toshkent xalqaro aeroportida MOQning birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif davomida Infantino mamlakatda futbol rivoji masalalarini muhokama qiladi va CAFA Nations Cup 2025 final uchrashuvini tomosha qiladi.

Ikki yil avval u Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan va unga imzoli futbolka sovg‘a qilgan edi. 2024 yilda esa u futzal bo‘yicha jahon chempionati finalida qatnashgan.

Infantino 2016-yil qishidan beri FIFAga rahbarlik qilib keladi. Unga qadar u UEFA bosh kotibi lavozimida 7 yil ishlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA prezidenti Toshkentga yetib keldi