date

Ibraima Konate “Liverpul”dan ketishga yaqin, “Real” kutib turibdi

Ibraima Konate “Liverpul”dan ketishga yaqin, “Real” kutib turibdi

“Liverpul” safida himoya chizig‘ida asosiy o‘rin egallab kelayotgan Fransiya terma jamoasi a’zosi Ibraima Konate klub bilan shartnomasini uzaytirishdan uch marta bosh tortdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli markaziy himoyachi amaldagi shartnomasi tugashi bilan erkin agent maqomiga ega bo‘ladi. Uning amaldagi kelishuvi 2026-yil 30-iyunda yakunlanadi. Demak, agar yangi shartnoma tuzilmasa, Konate “Liverpul”ni bepul tark etib, Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkin.

Futbolchining o‘zi “Qirollik klubi”dan mavsum so‘ngida shartnoma taklif qilinadi degan kafolat olgani aytilmoqda. Shu sababli, u mersisayd klubining yangi takliflariga rozilik bildirmayapti. “Liverpul” rahbariyati esa Konatening ketishini deyarli aniq deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, madridliklar himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun yana bir variantni ko‘rib chiqmoqda. Xususan, “Arsenal” bilan 2027-yil iyuniga qadar shartnomaga ega bo‘lgan Vilyam Saliba nomzodi ham ko‘rib chiqilayotir. Agar u o‘shanda erkin agentga aylansa, “Liverpul”ning sobiq yulduzi Trent Aleksander-Arnold kabi “Real” safiga bepul tarzda qo‘shilishi mumkin.

Shu tariqa, Konatening taqdiri jamoa vakillari uchun deyarli aniq ko‘rina boshladi. Endi e’tibor madridliklar qachon va qanday yo‘l bilan uni o‘z saflariga qo‘shib olishida qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibraima Konate “Liverpul”dan ketishga yaqin, “Real” kutib turibdi