date

2027 yilgi Chempionlar Ligasi finali "Riyad Eyr Metropolitano"da o‘tadi

2027 yilgi Chempionlar Ligasi finali "Riyad Eyr Metropolitano"da o‘tadi

2027 yilgi UYEFA Chempionlar Ligasi final bellashuvi o‘tkaziladigan stadion nomi rasman ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli "Cope" nashri ma’lumot tarqatdi.

Manbalarga ko‘ra, Yevropaning eng nufuzli klub musobaqasining hal qiluvchi bahsi Madrid shahrida joylashgan va "Atletiko" klubining uy maydoni hisoblanadigan "Riyad Eyr Metropolitano" stadionida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, finalni o‘tkazish huquqi uchun Boku shahridagi katta stadion ham da’vogarlik qilgan. Biroq yakuniy qaror Ispaniya poytaxti Madrid foydasiga qabul qilindi. Bu qaror bilan UYEFA ushbu yirik musobaqaning finalini yana bir bor Yevropaning eng katta futbol markazlaridan biriga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi final uchrashuvi Vengriya poytaxti Budapeshtdagi mashhur "Ferens Pushkash" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, turnirning amaldagi chempionligi Fransiyaning PSJ jamoasiga tegishli. Parij klubi o‘tgan mavsum finalida Italiyaning "Inter" jamoasiga qarshi o‘yinda mutlaq ustunlik ko‘rsatib, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2027 yilgi Chempionlar Ligasi finali "Riyad Eyr Metropolitano"da o‘tadi