date

Chexiya terma jamoasi Fotih Terimga jiddiy qiziqish bildirdi

Chexiya terma jamoasi Fotih Terimga jiddiy qiziqish bildirdi

Ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubida so‘nggi bor ish faoliyatini olib borgan turk futbolidagi taniqli mutaxassis Fotih Terimga endi Chexiyadan rasmiy taklif yo‘llangan.

Ishonchli manbalarga ko‘ra, Chexiya futbol assotsiatsiyasi hozirgi bosh murabbiy Ivan Gashek bilan yo‘llarni ajratish niyatida. Shu boisdan, terma jamoaga yangi ustoz topish maqsadida besh nafar nomzod ko‘rib chiqilmoqda. Ular orasida chex murabbiylari Mixal Bilek, Lyubosh Kozel, Yindrjix Trpishovskiy, Miroslav Koubek va tajribali turk mutaxassisi Fotih Terim bor.

Aytish kerakki, Fotih Terim nomi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi doirasida ham tilga olingandi. Avvalroq O‘FAdan unga taklif tushgani va 71 yoshli mutaxassis bu taklifni ko‘rib chiqish uchun vaqt so‘ragani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fotih Terim o‘z faoliyati davomida "Galatasaroy" bilan bir qator katta muvaffaqiyatlarga erishgan, shuningdek Turkiya milliy jamoasini ham bir necha bor boshqargan. Uning Chexiya futbol assotsiatsiyasi ro‘yxatida bo‘lishi, mamlakat terma jamoasi uchun yangi bosqich boshlanishi mumkinligidan darak bermoqda.

Endilikda Chexiya terma jamoasi rahbariyati qaysi nomzodni tanlashi futbol muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Terimning boy tajribasi va katta obro‘si uning imkoniyatlarini yanada kuchaytirib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chexiya terma jamoasi Fotih Terimga jiddiy qiziqish bildirdi