date

Liverpul ringida o‘zbek bokschisi shiddatli bahsda mag‘lubiyatga uchradi

Liverpul ringida o‘zbek bokschisi shiddatli bahsda mag‘lubiyatga uchradi

Ma’lumki, shu kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqada dunyo boks yulduzlari bilan bir qatorda o‘zbek charmqo‘lqop ustalari ham munosib tarzda ishtirok etmoqda.

-50 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev yarim finalga yo‘llanma uchun yapon sportchisi Soushi Makinoga qarshi jang qildi. Qarshi tomon bilan bo‘lgan bellashuv juda keskin, tanaffussiz va murosasiz ruhda kechdi. Biroq kurash yakunida hakamlar ochkolar hisobida g‘alabani yaponiyalik sportchiga berdi va Meliqo‘ziyev yarim final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, yurtimizning yana bir vakili Akmaljon Isroilov ham chorak finalda Ispaniya terma jamoasi nomidan qatnashgan Rikardo Fresnedaga qarshi muhim jangga tayyorlanmoqda.

Boks muxlislari ushbu to‘qnashuvdan katta umid bilan kutmoqda. Zero, Isroilovning ringdagi qaysarligi va matonati uning g‘alaba uchun jiddiy da’vogarlardan biri ekanini yana bir bor isbotlashi mumkin.

Bu bellashuv natijalari yurtimiz bokschilarining keyingi bosqichlardagi ishtiroki uchun katta ahamiyat kasb etadi. Muxlislar esa hamyurtlarimizga ishonch bildirib, ulardan yangi zafarlarni intiqlik bilan kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpul ringida o‘zbek bokschisi shiddatli bahsda mag‘lubiyatga uchradi