O‘zbekiston chempionati 21-tur uchrashuvlari tobora qizg‘in kechmoqda. Kuni kecha Qo‘qon shahridagi stadion muxlislarga qiziqarli va to‘liq dramatizmga boy to‘qnashuvni taqdim etdi. «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘z maydonida «Qizilqum» klubini qabul qildi va kurashli bahsda 2:1 hisobida zafar qozondi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq ikki jamoa ham gol urishga intildi. Hisobni qo‘qonliklar ochdi – 16-daqiqada Datsi Keleydi penaltini aniq ijro etib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq «Qizilqum» tez orada javob qaytardi: 28-daqiqada Islom Kenjaboyevning goli mehmonlarga umid bag‘ishladi.
Birinchi bo‘lim teng kuchli kurashlar ichida o‘tdi. Ammo ikkinchi taym boshlanishi bilan maydon egalari ustunlikni qo‘lga kiritdi. 47-daqiqada Muhammadanas Hasanov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. Shu gol uchrashuv taqdirini hal etdi.
Bellashuv oxiriga qadar har ikki jamoa ham yana bir marta gol urishga urindi, biroq himoyachilar va darvozabonlar xatoga yo‘l qo‘ymadi. Shu tariqa, qo‘qonliklar muxlislarini navbatdagi muhim g‘alaba bilan xursand qildi.
Bu natija «Qizilqum»ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Navoiy klubi oxirgi bor 6 iyun kuni mag‘lubiyatga uchragan edi, oradan uzoq vaqt o‘tib, ularning seriyasi Qo‘qonda to‘xtaSuperliga. 21-tur. 13 sentyabr
Qo‘qon-1912 — Qizilqum 2:1
Gollar: Keleydi (16, penalti), Hasanov (47) — Kenjaboyev (28).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!