date

Bu jangni ko‘rish uchun 5 sabab: O‘zbekistonlik bokschi «Monstr»ni hayron qoldira oladimi?

Bu jangni ko‘rish uchun 5 sabab: O‘zbekistonlik bokschi «Monstr»ni hayron qoldira oladimi?

Bugun, 14 sentyabr kuni Yaponiyada katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Oqshomdagi asosiy jang eng yengil vazndagi mutlaq jahon chempionligi uchun o‘tkaziladi: yaponiyalik Naoya Inoue o‘z chempionlik kamarlarini Murodjon Ahmadaliyevdan himoya qiladi. Va bu jangni o‘tkazib yuborib bo‘lmaydi, hatto tunda Kanelo va Krouford o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuzatish uchun uxlagan bo‘lsangiz ham. Boks turniri allaqachon boshlangan, Inoue va Ahmadaliyev yaqin vaqtlar ichida ringga chiqadi.

Birinchi sabab — Inoue yana finish qiladimi?

Naoya Inoue zamonaviy boksdagi eng xavfli «muxach» hisoblanadi. Yaponiyalik qanday vazn toifasida ishtirok etmasin, doimo raqibini nokaut qilishni ko‘zlaydi. Profi boksda 30 jang, 30 g‘alaba, 27 finish – hatto og‘ir vaznli bokschilar ham havas qiladigan fenomenal statistika. Monstr laqabli yaponiyalik to‘rt yildan buyon hech bir raqibi bilan jangni muddatidan oldin yakunlamagan Kanelodan farqli ravishda olti yildan buyon nokautlar evaziga g‘alaba qilib kelmoqda, u Inoue to‘liq o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan oxirgi jang 2019-yil Jahon boks superseriyasi finalida filippinlik Nonito Donerga qarshi jang bo‘lgandi. Shunday ekan, Naoya bu safar ham finish qilishga harakat qiladi, qolaversa, u o‘z uyida, muxlislar ko‘z o‘ngida ringga chiqadi.

Ikkinchi sabab — yaponiyalik katta vaznga ko‘tarilmoqchi

Inoue – Turki Al ash-Shayxning yulduzlaridan biridir, saudiyalik sport arbobi uning uchun katta rejalar tuzgan. Ko‘pchilik kichik divizionlarda kuchli va yulduzli raqiblar yo‘q deb hisoblaydi, bu esa yaponiyalikning obro‘siga ta’sir ko‘rsatadi. Turki esa yaponiyalikni yuqori vazn toifalariga olib chiqishni ko‘zlagan. Oldingi jangda ham kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan taqdirda Inoue katta ehtimol bilan, kamarlarini vakant qilib qoldiradi va yarim yengil vazn divizioniga yo‘l oladi, u yerda uni britaniyalik yengilmas chempion Nik Boll kutmoqda – va bu chinakamiga katta jang bo‘ladi. Shundan keyin uni Jervonta Devis bilan ham to‘qnashtirish mumkin.

Uchinchi sabab — Inoue tajribali havaskorlar bilan jang qilmagan

Inouening olimpiya boksidagi karerasi o‘xshamagan: 2011-yilda u London Olimpiadasiga borishga harakat qilgan, ammo Ostonadagi saralash turniri finalida qozog‘istonlik Birjan Jakipovga yutqazgach, professional boksga o‘tib ketgan. Naoyaning karerasida havaskor boksdagi kabi bekgraundga ega raqiblar ham bo‘lgan: masalan, Stiven Fulton. Ammo u hali tajribali havaskor bokschi o‘tmishiga ega raqib bilan jang qilmagandi. Ahmadaliyevda esa bu borada ulkan tajriba va ajoyib natijalar bor: u 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yinlarida bronza, 2015-yil Dohada o‘tkazilgan jahon chempionatida hamda 2015-yil Bangkokda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush, 2017-yil Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida esa oltin medalni qo‘lga kiritgan. O‘z navbatida, professional boksda Inouening tajribasi ko‘proq, u o‘zbekistonlik raqibiga qaraganda ikki baravar ko‘proq jang o‘tkazgan (Ahmadaliyevda 15 jang).

To‘rtinchi sabab — Inouening himoyadagi muammolari intrigani oshiradi

Inoue o‘zining yorqin uslubi bilan tanilgan, ammo so‘nggi janglarda Inoueda himoya bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. U o‘tgan yil Luis Neriga qarshi jangda nokdaun holatiga tushib qolgandi, joriy yil mayida esa Ramon Kardenas ham uni yerga qulatdi. Bularning barchasi bo‘lajak jangga intriga qo‘shadi: Ahmadaliyev yaqindan zarba berishni biladi, u ham 14 g‘alabasidan 11 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Murodjon Yaponiyada Inoueni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etish deyarli noreal vazifa ekanini tushunadi, shuning uchun u ham finish qilishga harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, albatta, bellashuvni yanada yorqin va tomoshabop qiladi.

«O‘zimni butun faoliyatimdagi eng yaxshi formada his qilyapman. Men istalgan raqibni yo‘q qilishim mumkin, bunga ishonaman. Inoue ham bundan mustasno emas. Mening vazifam uni yengish, buning uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Eng yuqori darajada raqobatlashish uchun menda hamma narsa bor.

Men dunyoga kim eng zo‘r ekanini isbotlayman. Inoue universal bokschi, barcha mahoratlarga ega, lekin bu ta’riflar menga ham taalluqli. Ring hech qachon yolg‘on gapirmaydi», – degan jang oldidan Ahmadaliyev The Ring nashriga bergan intervyusida.

G‘olib shu beshta kamarga ega chiqadi

Beshinchi sabab — Ahmadaliyevning yo‘qotadigan narsasi yo‘q, Inoueda — bor

Shubhasiz, Naoya bo‘lajak jangda favorit hisoblanadi. Yengilmas yaponiyalik shu yilning o‘zida mutlaq jahon chempioni unvonini uchinchi marta himoya qilmoqda, Naoya vazn toifalaridan qat’i nazar zamonaviy boksning asosiy yulduzlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, har safar uning zimmasida ulkan mas’uliyat borligini unutmaslik kerak. Agar Inoue mag‘lubiyatga uchrasa, nafaqat orzu qilingan «0» va barcha chempionlik kamarlaridan, balki mag‘lub etib bo‘lmaydigan yigit sifatida obro‘-e’tiboridan ham mahrum bo‘ladi. Shu bilan birga, boshqa vazn toifasiga o‘tish bo‘yicha keyingi rejalar ham barbod bo‘lishi mumkin. Ahmadaliyevda esa umuman yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Inouedan mag‘lubiyatga uchragan taqdirda nima bo‘ladi? Hech nars

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu jangni ko‘rish uchun 5 sabab: O‘zbekistonlik bokschi «Monstr»ni hayron qoldira oladimi?