date

Joze Mourinyu yana “Benfika”ga qaytishiga katta ehtimol bor

Joze Mourinyu yana “Benfika”ga qaytishiga katta ehtimol bor

Futbol olamidan sensatsion yangilik: mashhur murabbiy Joze Mourinyu tez orada Portugaliyaning eng nufuzli klublaridan biri – “Benfika”ning bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi mumkin.

62 yoshli mutaxassis Lissabon jamoasi rahbariyati bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda. Bu qaror klubning Chempionlar ligasi 1-turida “Qarabax”ga (2:3) mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Brunu Laj bilan yo‘llari ajratilgani ortidan keldi.

CNN Portugal tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Benfika” va Mourinyu o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirdi. Bu esa kelishuvga juda yaqin turilganini anglatadi.

Qizig‘i shundaki, Joze Mourinyu avgust oyi oxirida “Fenerbaxche”ni Chempionlar ligasi pley-off bosqichida aynan “Benfika”ga qarshi bahsda (0:0, 0:1) mag‘lub bo‘lgandan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi. Endi esa taqdir uni Lissabon klubi boshqaruviga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mashhur murabbiy ilk bor “Benfika”ni 2000-yil sentyabrdan dekabrgacha boshqargan. Shundan so‘ng uning murabbiylik yo‘li Yevropa futbolida buyuk sahifalar ochdi.

Agar bu safar ham Mourinyuning qayta kelish ssenariyi amalga oshsa, Lissabon klubini yangi bosqich kutishi turgan gap.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinyu yana “Benfika”ga qaytishiga katta ehtimol bor