date

Joze Mourino «Benfika»ga qaytish orzusi haqida ochiq gapirdi

Joze Mourino «Benfika»ga qaytish orzusi haqida ochiq gapirdi

Futbol dunyosida nom qozongan mashhur murabbiy Joze Mourino yana Portugaliyaga qaytib, «Benfika» klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif unga qiziq va u bunday imkoniyatdan bosh tortmasligini ochiq aytib o‘tdi.

«Samolyotga chiqishimdan oldin mendan “Benfika”ni boshqarish siz uchun qiziqmi, deb so‘rashdi. Men bu savolga hech ikkilanmay, “ha, qiziq” deb javob berdim. Klub rasman ham qiziqishim bor-yo‘qligini so‘radi. Men esa hozir xorijdaman, lekin qaytib kelgach, albatta, mamnuniyat bilan suhbatlasha olishimni aytdim», – dedi murabbiy.

Mourino so‘zlariga ko‘ra, «Benfika»dan taklif kelganda u ko‘p o‘ylamay qaror qabul qilgan. «Haqiqatda, qaysi murabbiy “Benfika” kabi klubdan voz kechishi mumkin? Men emas. Bu taklifni qabul qilish – men uchun qiziq va qimmatli imkoniyat», – deya ta’kidladi u.

Shu bilan birga, mutaxassis o‘z karerasi oxiriga yetib qolmaganini, balki ishsiz qolishni umuman rejalashtirmaganini qayd etdi. «Yaqinda klubimni tark etdim, orqada to‘rt hafta qoldi. Mavsum oxirigacha ishsiz yurish – mening uslubim emas. Men doimo ishlashni, faoliyatda bo‘lishni istayman», – dedi Mourino.

Uning ta’kidlashicha, u o‘zini tiyib turishga, har qanday taklifga darhol rozi bo‘lmaslikka qaror qilgandi. Biroq «Benfika»dan taklif kelganda ikkilanmadi: «Bu men uchun qiziq edi va men xohladim», – deya so‘zini yakunladi tajribali murabbiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino «Benfika»ga qaytish orzusi haqida ochiq gapirdi