date

Meksikada 21 yoshli professional bokschining jasadi topildi

Meksikada 21 yoshli professional bokschining jasadi topildi

Meksikalik yosh bokschi, “RafaGita” laqabi bilan tanilgan 21 yoshli Xesus Ivan Merkado Kabrera fojiali tarzda halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Uning jasadi 15-sentyabr kuni ertalab yo‘l bo‘yidagi ariqdan topilgan.

Hokimiyat vakillarining aytishicha, sportchining tanasi choyshabga o‘ralgan va maxsus lentalar bilan bog‘langan holda aniqlangan. Shu bois hodisa jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Bokschining oilasi uning yo‘qolganini uch kun oldin rasmiy ravishda bildirgan edi. Tergovchilar uning shaxsini tanadagi tatuirovkalari orqali aniqlashdi. Hozircha tashqi zo‘ravonlik alomatlari topilmagan, ammo huquq-tartibot idoralari boshqa muhim dalillarni qayd etgan. Sonora shtati bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshladi.

Ma’lumot uchun, Xesus Ivan Merkado 2021-yil sentyabr oyida professional ringda debyut qilgan edi. Uning hisobida 17 jang mavjud: 7 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang. Yosh bo‘lishiga qaramay, u mahalliy boks muxlislari orasida tanilgan sportchi sifatida e’tibor qozongan edi.

Bu fojia Meksikada sportchilar xavfsizligi masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi. Jamoatchilik bokschining o‘limi sabablari haqida aniq ma’lumot olishni kutayotgani aytilayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Meksikada 21 yoshli professional bokschining jasadi topildi