37 yoshni qarshilagan UFCning haqiqiy afsonasi Xabib Nurmagomedov yana bir bor jamoatchilik diqqat markazida. Bu safar u o‘zining amakivachchasi Usmon Nurmagomedov va irlandiyalik raqib Pol Xyuz o‘rtasidagi kutilgan jang haqida fikr bildirdi.
Ma’lumki, Usmon Nurmagomedov katta umidlar bag‘ishlayotgan yosh jangchi hisoblanadi. Uning har bir chiqishi katta qiziqish bilan kuzatiladi. Bu safargi to‘qnashuv esa nafaqat muxlislar, balki ekspertlar tomonidan ham jiddiy muhokama qilinmoqda.
Xabib o‘z taxminlarini oshkor etar ekan, quyidagicha fikr bildirdi: «Mening nazarimda, Usmon raqib ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi. Uning uslubi, jismoniy tayyorgarligi va jangdagi tajribasi buni ta’minlaydi. Agar u Pol Xyuzni muddatidan oldin mag‘lub etsa, bu uning obro‘si uchun yanada katta yutuq bo‘ladi».
Eslatib o‘tamiz, Usmon va Polning ilk qarama-qarshiligi joriy yil yanvar oyida o‘tgan edi. O‘shanda Usmon Nurmagomedov jangni to‘liq nazorat qilib, hakamlar qarori orqali g‘alabaga erishgandi. Endi esa muxlislar ularning ikkinchi to‘qnashuvi qanday natija bilan yakunlanishini qiziqish bilan kutmoqda.
Jang atrofidagi qiziqish kun sayin oshib bormoqda. Ayniqsa, Xabibning ochiqdan ochiq ishonch bildirishi Usmonning mas’uliyatini yanada ortayotganini ko‘rsatadi. MMA olamida eng muhim jihatlardan biri — psixologik ustunlik. Xabibning qo‘llab-quvvatlovi aynan shu jihatdan Usmonga katta kuch berishi mumkin.
Pol Xyuz ham o‘z navbatida osonlikcha taslim bo‘ladigan jangchi emas. U irlandiya maktabining namoyandalaridan biri sifatida chidamkorligi va jangovar xarakterini ko‘rsata oladi. Ammo sport ekspertlarining aksariyat fikriga ko‘ra, Usmonning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda.
Shuningdek, bu jang nafaqat ikki jangchining, balki PFL musobaqasining nufuzini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bu turnirdagi har bir kurash ko‘p millionli auditoriya tomonidan katta qiziqish bilan kuzatiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!