Angliya Premer-ligasi 5-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv - "Manchester Yunayted" va "Chelsi" o‘rtasidagi "Old Trafford" uchrashuvi tom ma’noda dramatik va shiddatli muhitda o‘tdi. Ruben Amorim shogirdlari kutilgan o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qildi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq voqealar shiddat bilan rivojlandi. Beshinchi daqiqada "Chelsi" darvozaboni Robert Sanches qo‘pollik ishlatgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi va londonliklar maydonda qolishga majbur bo‘ldi. Bu manjurlarga katta ustunlik berdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib jamoa sardori Bruno Fernandesh uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi.
Birinchi bo‘limning o‘ttiz yettinchi daqiqasida "Real Madrid"ning sobiq yarim himoyachisi Kazemiro gol urdi. Braziliyalik futbolchi goldan ko‘p o‘tmay ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu esa o‘yin dinamikasiga yanada shiddat bag‘ishladi.
Ikkinchi bo‘limda "Chelsi" gol urish imkoniyatlarini izlab, qarshi hujumlarga o‘tdi. 80-daqiqada himoyachi Trevor Chaloba boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. Biroq, aristokratlar qolgan vaqtda boshqa gol ura olmadilar va o‘yin 2:1 hisobida "qizil iblislar" foydasiga hal bo‘ldi.
APL. 5-raund, 20-sentyabr
MYU - Chelsi 2:1
Gollar: Fernandes 14, Kazemiro 37 - Kaloba 80.
Manchester Yunayted: Bayinder - de Ligt, Maguayr (Yoro, 70), Sho-yu - Mazraui (Kunya, 65), Kazemiro, Fernandesh (Man-u, 87), Dorgu - Mbemo (Maunt, 69), Diallo - Sheshko (Ugarte, 46).
"Chelsi": Sanches - Jeyms, Fofana (Gusto, 64), Chaloba, Kukurelya (Jorj, 64) - Fernandes, Kaysedo - Neto (Adarabioyo, 7), Palmer (Santos, 21), Estevao (Yorgensen, 6) - Pedro.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (17) - Kukurelya (44), Fernandes (48), Kaloba (50), Jorje (72), Adarabioyo (90+6).
Chetlatish: Kazemiro (45+5) - Sanches (5).
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Manchester Yunayted" 7 ochko jamg‘arib, onlayn turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarildi. "Chelsi" esa 8 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.
Ushbu o‘yin nafaqat hisob, balki qizil kartochkalar va jarohatlar soni bilan ham muxlislarni unutilmas taassurot qoldirdi. Har ikki jamoa ham so‘nggi daqiqalargacha kurash olib bordi. Ushbu o‘yin Premer-liga turnirining markaziy uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!