AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahrida joylashgan Fantasy Springs Resort Casino majmuasida navbatdagi professional boks kechasi o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu tadbir doirasida yurtimiz vakili Ruslan Abdullayev o‘zining prof boksdagi uchinchi bellashuviga chiqdi. Uning navbatdagi raqibi amerikalik tajribali sportchi Kevin Jonson bo‘ldi. Sakkiz raund davom etgan jang so‘nggiga qadar davom etdi va unda Abdullayev hakamlar qaroriga ko‘ra ustunlikni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli Kevin Jonson shu vaqtga qadar 20 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, Abdullayevdan uchragan mag‘lubiyat uning faoliyatidagi sakkizinchi yo‘qotish bo‘ldi. Shuningdek, Jonson o‘zining ilk mag‘lubiyatini 2018 yil iyul oyida yana bir o‘zbekistonlik bokser Fazliddin G‘oyibnazarovdan qabul qilib olgandi.
Havaskor boksda jahon chempioni hisoblangan Ruslan Abdullayev esa bugun prof boksdagi uchinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunlab, yuksak natijalarini davom ettirmoqda.
Ruslan Abdullayev AQSHdagi uchinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar