date

"Manchester Siti" "Arsenal"ga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi

"Manchester Siti" "Arsenal"ga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi

Angliya Premer-ligasining beshinchi turi doirasidagi eng markaziy bahs sifatida Londonning “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tadigan “Arsenal” — “Manchester Siti” to‘qnashuvi kutilmoqda. Chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan ikki jamoa o‘rtasidagi bellashuv nafaqat Angliya, balki butun dunyo futboli muxlislari diqqat markazida turibdi. O‘zbekistonda ham ishqibozlarning ko‘pchiligi an’anaviy ravishda manchesterliklarga muxlislik qilishi ma’lum.

Aynan shu o‘yin oldidan cityxtra.co.uk sayti Gvardiolaning qaysi futbolchilarga asosiy tarkibda ishonch bildirishi haqida o‘z tahlillarini taqdim etdi.

Darvozada:

Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarumma “Manchester Yunayted” va “Napoli”ga qarshi bahslarda jamoasini bir necha marta qutqargan edi. Uning muhim seyvlari va tajribasi “Arsenal”ga qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibdan joy olishiga shubha qoldirmaydi.

Himoya chizig‘i:

O‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanov so‘nggi turlarda o‘ng qanot himoyasida ishonchli o‘ynadi va jamoaning eng ishonchli nuqtalaridan biriga aylandi. Ruben Diash tanqidlarga qaramasdan himoya markazida yetakchi sifatida maydonga tushishi kutilyapti. Yoshko Gvardiol jarohatdan qaytgach, o‘zining universalligi va markazdagi mustahkamligi bilan jamoaga kuch qo‘shdi. Chap qanotda esa akademiya tarbiyalanuvchisi Niko O’Reyliga ishonch bildirilishi mumkin.

Yarim himoyada:

Tayanch zonada tajribali Rodri asosiy nomzod sanaladi. Biroq u to‘liq sog‘lom bo‘lmasa, Niko Gonsales zaxiradan tushishi mumkin. Tijani Reynders harakatchanligi va taktik fikri bilan jamoa uchun katta ahamiyatga ega. Fil Foden esa hozirgi sport formasi bilan yana jamoaning yetakchilaridan biri sifatida e’tirof etilyapti.

Hujum chizig‘i:

Gvardiolaning hujum triosi an’anaviy ravishda Oskar Bobb, Erling Xoland va Jeremi Dokudan iborat bo‘ladi. Xoland jamoaning asosiy gol mashinasi bo‘lib qolmoqda. Dok-u nafaqat raqib himoyachilarini adashtirib, imkoniyatlar yaratadi, balki o‘zi ham gol uryapti. Bobb esa individual mahoratlari bilan doim xavf tug‘diradi.

Shu tariqa, “Manchester Siti”ning taxminiy asosiy tarkibi quyidagicha:

Donnarumma; Husanov, Dias, Gvardiol, O’Reyli; Rodri, Reynders, Foden; Bobb, Dok-u, Xoland.

Bellashuv juda keskin va prinsipial tarzda o‘tishi kutilyapti. Bu o‘yin chempionlik uchun kurashda hal qiluvchi lahzalardan biri bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" "Arsenal"ga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi