«Oltin to‘p-2025» sovrindorlari rasman ma’lum qilindi

«Oltin to‘p-2025» sovrindorlari rasman ma’lum qilindi

Parijda nufuzli «Oltin to‘p» taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi va barcha yo‘nalishlarda g‘oliblar e’lon qilindi.

Asosiy nominatsiyalar g‘oliblari:

Oltin to‘p — Usmon Dembele («PSJ»);

Ayollar orasida Oltin to‘p — Aytana Bonmati («Barselona»);

Sokrates mukofoti (insoniylik faoliyati uchun) — Sira Martines;

Yilning eng yaxshi erkaklar klubi — «Pari Sen-Jermen»;

Yilning eng yaxshi ayollar klubi — «Arsenal»;

Yil murabbiyi — Luis Enrike («PSJ»);

Ayollar orasida yil murabbiyi — Sarina Vigman (Angliya terma jamoasi);

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Lamin Yamal («Barselona»);

Ayollar orasida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Viki Lopes («Barselona»);

Lev Yashin mukofoti — Janluiji Donnarumma («Manchester Siti»/«PSJ»);

Ayollar orasida Lev Yashin mukofoti — Xanna Xempton («Chelsi»);

Gerd Myuller mukofoti — Viktor Dyokeresh («Arsenal»/«Sporting»);

Ayollar orasida Gerd Myuller mukofoti — Eva Payor («Barselona»).

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Oltin to‘p» sovrini «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodriga nasib etgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar