FIFA jahon chempionati ramzlarini e’lon qildi: uch hayvon timsoli

FIFA 2026-yil 11-iyundan 16-iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada hududlarida o'tkaziladigan jahon chempionati uchun uchta hayvon timsolini tanladi. Bug'-u Meypl kuch, barqarorlik va tabiatga yaqinlikni, yaguar Zayyu jasorat va chaqqonlikni, oqbosh burgut Klatch esa qudrat, yuksak parvoz va g'alabaga intilishni anglatadi. Timsollar chempionatning rasmiy yuziga aylanadi va kelasi yil taqdim etilishi kutilayotgan FIFA Heroes video o'yinlarida ham ishtirok etadi.
FIFA matbuot xizmati 2026-yil 11-iyundan 16-iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada hududlarida o‘tkaziladigan jahon chempionati ramziy timsollarini e’lon qildi. Bu safargi musobaqa uchun maxsus obrazlar sifatida uchta hayvon qahramon tanlab olindi. Ular orqali turnirning ruhi, jozibasi va ramziy qimmati namoyon etilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi timsollardan biri – bug‘-u Meypl. U kuch, barqarorlik va tabiatga yaqinlikni anglatadi. Ikkinchisi – yaguar Zayyu bo‘lib, u jasorat va chaqqonlik timsoli sifatida talqin etilmoqda. Uchinchi timsol esa oqbosh burgut Klatch. U qudrat, yuksak parvoz va g‘alaba uchun intilish ramzi sifatida tanlangan.

FIFAning ma’lum qilishicha, ushbu timsollar nafaqat chempionatning rasmiy yuziga aylanadi, balki ommaviy madaniyatda ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ular kelasi yil ommaga taqdim qilinishi kutilgan FIFA Heroes seriyasidagi yangi video o‘yinlarda ham ishtirok etadi. Bu orqali turnirga bo‘lgan qiziqish yanada kuchayishi va yangi avlod muxlislariga ham yaqinlashishi ko‘zda tutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, har bir jahon chempionatida maxsus timsol tanlanadi va ular turnirning ruhi hamda milliy qadriyatlarini aks ettirishga xizmat qiladi. Bu yilgi tanlov ham uchta mamlakatning umumiy ramzlari, tabiati va madaniy obrazlarini uyg‘unlashtirib taqdim etdi.
Shu tariqa, Meypl, Zayyu va Klatch JCH-2026 ni nafaqat maydondagi o‘yinlar, balki muxlislar qalbida ham yodda qoladigan voqeaga aylantirishi kutilayapti.































Izohlar 0
…