Neymar ichimlikka ruju qo‘yib, sportdan uzoqlashmoqda

Neymar ichimlikka ruju qo‘yib, sportdan uzoqlashmoqda
Qisqacha

Neymar yana jarohat olgani sababli 2025 yil oxirigacha maydonga qayta olmasligi mumkin. Jurnalist Rodolfo Gomesning ta'kidlashicha, "Santos" hujumchisi spirtli ichimliklardan voz kecha olmayapti, sport tartibiga amal qilmayapti, viski va energetik ichimliklarga berilib, chilim chekmoqda hamda tong otish arafasida uxlayapti. Sentyabr oyida Neymar Braziliya terma jamoasi safiga qo'shilmadi, Karlo Anchelotti esa buni "texnik qaror" sifatida izohladi.

Braziliyalik yulduz Neymarning ahvoli kutilgandan ham og‘irroq bo‘lib chiqdi. Santistas.net'ning xabar berishicha, jurnalist Rodolfo Gomes ma’lumotlariga ko‘ra, u 2025 yil oxirigacha maydonga qayta olmasligi mumkin. Yaqin kunlarda "Santos" hujumchisi yana jarohat olgani aytilmoqda.

Biroq futbolchining qiyinchiliklari faqat tibbiy muammolar bilan cheklanib qolmayapti. Gomesning ta’kidlashicha, Neymar spirtli ichimliklardan voz kecha olmayapti va sport tartibiga amal qilmayapti.

"U viski va energetik ichimliklarga berilib ketgan. Shuningdek, chilim chekib, faqat tong otish arafasida uxlaydi," — deya ta’rif berdi jurnalist.

Sentyabr oyida Neymar Braziliya terma jamoasi safiga qo‘shilmadi. Karlo Anchelotti bu holatni "texnik qaror" sifatida izohladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar