date

O‘zbekiston kubogi yarimfinalida kiritilgan barcha gollar (video)

O‘zbekiston kubogi yarimfinalida kiritilgan barcha gollar (video)

O‘zbekiston kubogi yarimfinalidan o‘rin «Buxoro» va «So‘g‘diyona» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor kubok finaliga yo‘llanma oldi.

Uchrashuvda hisob 16-daqiqada Dominik Begich tomonidan ochildi. 28-daqiqada esa Frane Ikich ustunlikni mustahkamladi.

Ikkinchi bo‘limda esa «So‘g‘diyona» kambek amalga oshirdi. Dastlab Jasur Jaloliddinov 72-daqiqada hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada Filip Ivanovich imkoniyatlarni tenglashtirdi.

Asosiy vaqt durang natija bilan yakunlangach, tomonlar ekstra-taymlarga murojaat qilishdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa «Buxoro» g‘alabani ilib ketdi. 117-daqiqada Nodirbek Ahmadjonov uzoq masofadan super gol urdi.

Shu tariqa, «Buxoro» finalni naqd qildi. Hal qiluvchi o‘yinda buxoroliklarga «Paxtakor» raqiblik qiladi.

O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal

«Buxoro» — «So‘g‘diyona» 3:2

Gollar: Begich (16), Ikich (28), Ahmadjonov (117) — Jaloliddinov (72), Ivanovich (90+1).

Ikkinchi yarimfinal bahsi esa «Paxtakor» va «Dinamo» o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi va tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi.

O‘ziga xos lotereyada esa omad «Paxtakor»ga kulib boqdi va toshkentliklar O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘llanma oldi. Hal qiluvchi bahsda «sherlar» «Buxoro» bilan to‘qnash keladi.

O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal

«Paxtakor» — Dinamo 0:0 (pen. 4:2)

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi 29 oktyabr kuni «Bobur Arena»da bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogi yarimfinalida kiritilgan barcha gollar (video)