"Lokomotiv" futbolchilariga "Lasetti" avtomashinasi topshirildi


Kecha, 22 dekabr kuni "O‘zbekiston" mehmonxonasining muhtasham zallaridan birida "Lokomotiv" futbol klubi a’zolari taqdirlandi. Bu haqda "Sports.uz" xabar bermoqda.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionatida chempion bo‘lgan jamoa oltin medal bilan siylandi. Shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan futbolchilarga "Lasetti" avtomashinasi hadya etildi.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" O‘zbekiston chempionligidan tashqari mamlakat Kubogi sohibi ham bo‘lgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…