«Bavariya»ning iqtidorli qanot hujumchisi Maykl Olise joriy mavsum Yevropa futbol maydonlarida o‘z nomini alohida yozib qo‘ydi. Fransiyalik yosh futbolchi raqib darvozasi uchun xavfli bo‘lgan 33 ta imkoniyat yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich «WhoScored» portali tomonidan qayd etilgan va mavsum boshidan to hozirgacha barcha futbolchilar ichida eng yuqori natija sifatida e’tirof etilmoqda.
Olise faoliyatining ushbu ko‘tarinki bosqichi «Bavariya»da uning jamoaviy va individual ahamiyatini yanada oshirdi. Uning maydondagi tezkor harakatlari, texnik mahorati va aniq uzatmalari myunxenliklar hujumida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Fransiyalik futbolchidan keyin ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ingliz premer-ligasi va ispan La Ligasining yulduzlari — «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh hamda «Barselona» qanot o‘yinchisi Rafinya egallab turibdi. Ular har biri 30 tadan xavfli vaziyat yaratish bilan Olesening eng yaqin raqiblari bo‘lib turishibdi.
Kuchli uchlikka eng yaqin bo‘lgan futbolchi — «Barselona»ning yosh iste’dodi Lamin Yamal. U mavsum davomida 29 ta imkoniyat yaratib, o‘zining yosh bo‘lishiga qaramay katta salohiyatga ega ekanini namoyish qildi.
Kuchli beshlik ro‘yxatini «Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer yopib berdi. U o‘z navbatida jamoasi uchun 24 ta xavfli vaziyat yaratdi va jamoaviy o‘yinda muhim rol o‘ynayotganini ko‘rsatdi.
Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, Yevropa top chempionatlarida hozirda qanot hujumchilari va ijodkor yarim himoyachilar o‘yin taqdirini hal qiluvchi omilga aylanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!