date

Kristal Pelas “Liverpul”ni so‘nggi daqiqada mag‘lub etdi

Kristal Pelas “Liverpul”ni so‘nggi daqiqada mag‘lub etdi

Angliya Premer-Ligasining 6-turida “Kristal Pelas” o‘z maydonida musobaqaning peshqadamlaridan biri — “Liverpul”ni qabul qildi. Uchrashuv kutilmaganda London jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi — 2:1.

9-daqiqada Ismaila Sarr tomonidan urilgan gol Pelasga ustunlik olib keldi. Biroq Liverpul o‘yinni deyarli butunlay nazorat qildi — 72% to‘pga egalik, 20 ta zarba, 691 ta pas va 88% aniqlik. Ammo bu raqamlar natijaga ta’sir ko‘rsatmadi.

Federico Chiesa 87-daqiqada hisobni tenglashtirdi va o‘yinda Liverpul g‘alaba yo‘liga qaytmoqda degan fikr uyg‘otdi. Ammo hakam tomonidan qo‘shilgan 7-daqiqada Edouard Nketiah hujumni aniq zarba bilan yakunlab, jamoasiga g‘alabani olib keldi.

Kristal Pelas bu g‘alaba evaziga jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Liverpul esa 6 turda ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kristal Pelas “Liverpul”ni so‘nggi daqiqada mag‘lub etdi