Madridning mashhur “Real” jamoasi Chempionlar Ligasi doirasida “Qayrat”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Olmaotaga yetib keldi. Ularga yuzlab muxlislar aeroportda kutib olishdi. Ayrim muxlislar samolyot qo‘nishidan ancha oldin yig‘ilib ulgurgan.
Jamoaning Instagram sahifasida ularning sog‘-salomat yetib kelgani haqida xabar berildi. Biroq futbolchilarning yuzida uchishdagi charchoq yaqqol sezilib turardi. Aytish kerakki, aeroport hududi politsiya nazoratida bo‘ldi.
Ayrim muxlislar esa Real uchun emas, balki Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘rsatish uchun kelganini aytishdi. Bu holat o‘ziga xos muhitni yaratdi.
Real Madrid safida bo‘lmagan futbolchilar orasida: Trent Aleksandr-Arnold, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Dani Karvaxal va Eder Militao bor. Ular turli jarohatlar sabab safarga chiqmadi.
Ma’lumot uchun, bu mavsumda “Qayrat” ilk bor Chempionlar Ligasida qatnashmoqda va 30-sentyabr kuni soat 21:45 da “Real Madrid”ga qarshi uy uchrashuvida maydonga tushadi, deb xabar beradi Tengri Sport.